logo
Orqaga k ro'yxatiga

2015 YILGI XALQARO SANOAT YARMARKASI VA KOOPERATSIYA BIRJASI

2015 yilning 19 -22 may kunlari poytaxtimizdagi  «O‘zekspomarkaz» milliy ko’rgazma kompaniyasining ko‘rgazmalar zalida  innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar,  loyihalar  yarmarkasi va Kooperatsion birjasi  o‘tkaziladi.

Har yili muntazam o‘tkazib kelinadigan Xaqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasi bugun yurtimizdagi yirik sanoat forumlaridan biriga aylandi.  Ushbu tadbir ishtirokchilari nafaqat o‘z mahsulotlarini taqdim etishlari,  balki ishlab chiqarish sohasidagi texnik yangiliklar hamda hamkor tarmoq yoki korxonalarning yaqin kelajakdagi  butlovchi qismlar yoki  ishlab chiqarish materiallariga bo‘lgan ehtiyojlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga  ega bo‘lishadi.

Bu yil innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi va  Kooperatsion birjasida  “O‘zavtosanoat” AKning  30 dan ortiq korxonalari  ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.  Shuningdek, tadbir doirasida  yangi ko‘rinishdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish uchun  kooperatsiya aloqalarini  rivojlantirish,  ishlab chiqarish uchun  zarur bo‘lgan hom-ashyo va mahsulotlarni xarid qilish yoki yetkazib berish bo‘yicha  shartnomalar  tuzish hamda mahsulotlar eksporti bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish   ham rejalashtirilgan.