logo
Orqaga k ro'yxatiga

Chevrolet Cobalt

“General Motors O’zbekiston” YoAJ rivojlanayotgan bozorlar uchun maxsus ishlab chiqilgan “Chevrolet Cobalt” global modelini taqdim etdi.

“Mutlaqo yangi “Cobalt” “GM O’zbekiston”ning global jamoasi tarafidan yaratilgan bo’lib, u o’z segmentida, ya’ni rivojlanayotgan bozorlarda global yetakchiga aylanishi ko’zda tutilgan.

“Chevrolet Cobalt”ni ishlab chiqarishni o’zlashtirish bu bizning “O’zavtosanoat” AK bilan o’zaro samarali hamkorligimizning mantiqiy davomi bo’ldi.

Ushbu loyihani O’zbekiston Respublikasi Prezidentining doimiy qo’llab quvvatlashi, shuningdek, O’zbekiston avtomobil sanoati soahasida yaratilgan sharoitlar samarasi tufayli belgilangan muddatlarda amalga oshirishning imkoni yaratildi.

Ishonchim komilki, o’zining ajoyib dizayni, zamonaviy xavfsizlik tizimi va dinamik xususiyatlari bilan “Cobalt” avtoishqibozlarning mehrini qozonadi va kompaniyaning nafaqat O’zbekistondagi, balki MDH davlatlardagi savdolari hajmini oshishiga olib keladi” – deydi “GM Korea” kompaniyasi prezidenti Serjio Rocha.

“Cobalt”ning ishlab chiqarilish hajmi yiliga 120 ming avtomobilni tashkil etadi. Uning 50 foizdan ortig’i MDH davlatlariga eksport qilinadi.

“Cobalt” modelini yig’ish (shtamplash, payvandlash, bo’yash va yig’ish) Asaka zavodida amalga oshiriladi. 

Butlovchi detallarni yetkazish bilan 15 ta amaldagi va 3 ta yangi yaratilgan lokalizatsitsiya qilingan mahalliy korxonalar shug’ullanadi. Avtomobillar “General Motors Powertrain Uzbekistan” zavodida ishlab chiqargan, yangi 1,5 litrli, DOHC turidagi, 105 ot kuchiga ega va 100 km.ga o’rtacha 6,2 litr yoqilg’i sarf qiluvchi dvigatellar bilan jihozlangan.

Mijozlar 5 bosqichli mexanik transmissiya va 6 bosqichli avtomatik transmissiyali uzatish qutilari o’rnatilgan avtomobilni tanlab olishlari mumkin bo’ladi.

“Chevrolet Cobalt” qulaylik, noziklik va dinamik sifat, shuningdek, eskirmas an`anaviy klassik dizaynni o’zida mujassamlashtirgan.

Bundan tashqari, yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida avtomobil oliy darajadagi po’latdan yasalgan bo’lib, unda tormozni antibloklovchi tizim,  haydovchi va old o’rindiqdagi yo’lovchi uchun xavfsizlik yostiqchalari o’rnatilgan.