logo
Orqaga k ro'yxatiga

Chevrolet Malibu

Malibu - bu Chevrolet brendining birinchi darajali yurish qismi tasnifi, zamonaviy xavfsizlik tizimi va interyerining yuqori darajadagi bezalganligi bilan ajralib turuvchi yangi  yetakchi sedani. Ushbu sedan oraliqning kengayishi hisobiga kayfiyatni ko‘taruvchi erkinlikni his qilishingiz uchun keng qulayliklar yaratilgan yangicha ko‘rinishdagi uskunalar paneliga ega. Avtomobilda Chevroletning ikki seksiyali radiator panjarasi, kuchli ksenon faralar, shuningdek, svetodiodli juft qilib ishlangan bejirim orqa chiroqlar kabi dizaynerlik ishlanmalari mavjud.

Old tortuvchi avtomobil to‘rt silindrli hajmi 2,4 litr, quvvati 169 ot kuchiga teng avtomat hamda mexanik uzatmalar qutisiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu modelda, haydovchining har bir harakatidan aniq va tezkor ta'sirlanishini ta'minlovchi kuchaytirilgan rul boshqaruv tizimi, salonga silkinish va ortiqcha shovqinlarning kirishiga qarshilik qiluvchi alohida ajratilgan qatlam mavjud. Malibu avtomobili kuzovining mustahkam tuzilishi avtomobilning katta tezlikda boshqariluvchanligini hamda harakat paytida yuqori qulaylik darajasini ta'minlashga hizmat qiladi.  

Malibu yangi audio va navigatsiya tizimi bilan birgalikda o‘zaro uyg‘unlashgan yangi axborot ko‘ngilochar tizim bilan ham ta'minlangan. Yuqori darajalagi talablarga javob beruvchi simsiz Bluetooth aloqasi smartfonlar uchun hands free tizimidan foydalanish imkonini beradi. Yuqori va o‘rta jamlamdagi avtomobilda orqani ko‘rsatuvchi kamera bilan to‘xtash tizimi ham mavjud.  

Malibuda oltita xavfsizlik yostiqchasi mavjud bo’lib, u shuningdek, bosh va bo‘yin xavfsizligi uchun salon tom qismining uzunligi bo‘ylab o‘rnatilgan alohida pardalar bilan jihozlangan.

Yuqori darajadagi Malibu sedani O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi «GM O’zbekiston» AJda ishlab chiqarilmoqda. Avtomobillar modellarini yangilash doirasida  yangi avtomobil bundan oldin ishlab chiqarilgan Epica sedanining o‘rnini bosadi. 2012 yil oxirigacha «GM O’zbekiston» avtomobil modellari lineykasi umumiy soni 8 tani tashkil etadigan yangi avtomobillar bilan to‘ldirildi.