logo
Orqaga k ro'yxatiga

Chevrolet Spark

«GM O’zbekiston» avtomobil zavodi ushbu yilning uchinchi choragida “Chevrolet Spark″ modelidagi ilk avtomobilini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu modelni ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 mingta avtomobilni tashkil etadi. Yangi brend Chevrolet Spark deb nomlanadi. Ushbu ishlab chiqarish nafaqat Asaka avtomobil zavodida, balki yangi avtomobil uchun eshikning ichki qoplamalari, uskunalar paneli kabi to‘qqiz turdagi ichki bezak va qismlarni ishlab chiqaruvchi «Uz Dong Yang Ko.» qo‘shma korxonasida ham yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim ahamiyatga ega. Kelgusida yangi avtomobilning  butlovchi qismlarini 50 foizgacha mahalliylashtirish rejalashtirilgan.