logo
Orqaga k ro'yxatiga

CHEVROLET O'ZBEKISTONDA «ONE WORLD FUTBOL» DASTURINI BOSHLADI

" One World Futbol " loyihasida " Chevrolet " kompaniyasi 2012 yildan buyon qatnashib keladi. Ma'lumki, dastur o'z oldiga og'ir vaziyatlarda insonlarga yordam berish, sportga bo'lgan muhabbatini uyg'otish kabi ishlarni maqsad qilib qo'ygan. Ushbu loyiha doirasida 1, 5 millionta futbol to'pi maktab hamda boshqa tashkilotlarga xayriya-ehson maqsadida tarqatilishi kerak. O'zbekistonda GM Operations ning birinchi to'p tarqatish marosimi Chirchiq shahridagi mehribonlik uyida bo'lib o'tdi. 14 –sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ertalabdan sabrsizlik bilan taklif etilgan mehmonlarni kutishdi. GM Operations loyihasining O'zbekistondagi Prezidenti va boshqaruvchi rahbari Kaxer Kazem mahalliy hokimiyat vakillari, GM xodimlari, FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan birgalikda marosimni tantanali ravishda ochishdi. Mehmonlar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga mustahkam sog'lik, sportda muvaffaqiyatlarga erishishlarini tilagan holda, 95 dona maxsus to'plarni topshirishdi va ularning noyobligi haqida gapirib berishdi. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan One World Futbol noyob futbol to'pi uzoq foydalanish imkonini beruvchi chidamlilik xususiyatiga ega. Bu to'p universal hisoblanib, unda voleybol, futbol va har qanday boshqa to'p o'yinlarini o'ynash mumkin. One World Futbol koptoklari har qanday sharoitda ham o'z taranglik xususiyatini yo'qotmaydigan, qahraton qishga moslashtirilgan, bir necha, hattoki o'n yillab xizmat qilish maqsadida yaratildi. Sovg'a to'pini amalda sinab ko'rish maqsadida sport zalining o'zida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida futbol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi uyushtirildi. Bu musobaqada nafaqat tarbiyalanuvchi bolalar, balki tadbir mehmonlari ham ishtirok etishdi. O'yinni  FIFA referisi Ravshan Irmatovning o'zi baholab bordi.

Kaxer Kazem, GM Operations loyihasining O'zbekistondagi Prezidenti va boshqaruvchi rahbari:

– Biz O'zbekistonda «One World Futbol» dasturini amalga oshirganimizdan faxrlanamiz. Bu bir bo'lak maqsadlar GM korporativ majburiyatdan – jamiyat va dunyo manfaati uchun harakatdan iborat. Biz bu o'yinni “ kuch birlikda” – sog'lom qiyofa sari olg'a siljish, sog'lom hayot tarzini yaratish maqsadida, shu bilan bir qatorda bolalarga xursandchilik ulashish maqsadlarida tashkil etdik.

Ravshan Irmatov FIFA referisi:

-Men ushbu mehribonlik uyiga quvonch, samimiylik va ko'tarinki kayfiyat olib kelgani uchun «GM Uzbekistan» kompaniyasiga o'z minnatorchiligimni bildirmoqchiman. Mening fikrimcha bu erda tarbiyalanayotgan bolajonlarga eng asosiysi e'tibor etishmaydi. Albatta, gap sovg'a ulashish yoki ularni mehmon qilishda emas, eng asosiysi, jajji bolajonlarning yuzlariga quvonch, chehralariga tabassum inganini, ularning ko'zlarida kelajakka bo'lgan ishonchni ko'rish. Umid qilamanki, mehribonlik uylarida bunday bayramlarni tashkil etayotgan tashkilotchilar bolajonlarning qalbida kelajakka bo'lgan ishonchni uyg'otishmoqda. Ishonch hissi – bu har bir insonni yashashga va kelajakka talpinishga undaydi. Futbol ham ishonch o'yinidir. Chunki siz futbolda ham nimanidir kutasiz, tahlil qilasiz, umid qilasiz... Bugun bolajonlarga taqdim etilgan mana bu futbol to'plari esa ularning yanada ko'proq shug'ullanishlari, yaxshi natijalarga erishish uchun harakat qilishlarida juda muhim hisoblanadi. Men ushbu bolajonlar orasidan kelgusida o'zbek sportining haqiqiy yulduzlari etishib chiqishiga va ular butun dunyoga mashhur to'p ustalari bo'lishiga ishonaman. Men barcha bolajonlarga mustahkam sog'lik, ularning hayotlarida bunday quvonchli kunlar ko'p bo'lishini tilayman, o'z navbatida biz ham bunday mehribonlik maskanlariga tez-tez kelib mehr, quvonch ulashishga harakat qilamiz. Bayram tadbiri futbol uchrashuvlari va ishtirokchilarga sovg'alar ulashish bilan tugab qolmadi. Barcha ishtirokchilar va mehmonlar uchun bayramona dasturxon bezatilgan bo'lib, taniqli xonanda Manzura o'z qo'shiqlari bilan bolajonlar bayramiga yanada fayz kiritdi. Ushbu bayram bolajonlarning xotirasida uzoq saqlanib qolishini ularning ko'zlaridan ham bilish mumkin edi. Eng asosiysi, mehmonlar bolajonlarga sport jihozlari va bayramona dasturxon misolida e'tibor va mehr ulashdilar. Alina Atamuratova,

 14 – sonli mehribonliy uyi tarbiyalanuvchisi: Bizga ushbu bayramni tashkil etgani uchun tashkilotchilardan cheksiz minnatdormiz. Barcha farzandlarimiz sportni juda yaxshi ko'rishadi. Yetarlicha sharoitlar yaratilgan ajoyib sport zalida biz har kuni mashg'ulotlar olib boramiz. Yozda esa oromgohlarda nafaqat yigitlar o'rtasida, balki qizlar o'rtasida ham futbol bo'yicha o'z ichki chempionatlarimizni o'tkazamiz. Shuning uchun koptoklar biz uchun asosiy sovg'a bo'ldi. Bugun biz mehmonlar safida «GM Uzbekistan» kompaniyasi vakillari va xalqaro toifadagi hakam Ravshan Irmatov hamda xonanda Manzurani ko'rib juda xursand bo'ldik. Bu bayram biz uchun unutilmas bo'lib qoladi. Anton Muxitdinov,

 14-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi -To'rt yoshimdan boshlab futbol o'ynayman. Shuning uchun bugungi o'rtoqlik uchrashuvida mehmonlar, xususan, Ravshan Irmatovga yaxshi natijalarimni ko'rsatishga harakat qildim. O'rtoqlik uchrashuviga aynan, uning tashrif buyurishi bizga haqiqiy sovg'a bo'ldi. Biz bundan juda xursandmiz. Katta bo'lganimda men ham u kabi yuqori natijalarga erishishni xohlayman. Albatta, buning uchun bizda hozir barcha imkoniyatlar bor. Ayniqsa, «GM Uzbekistan» kompaniyasi bizga ajoyib koptoklarni sovg'a qilgani kutilmgan tuhfa bo'ldi. Bizning «Mehrijon» futbol jamoamiz Toshkent shahri va viloyati chempionatida birinchi o'rinni egallab yaxshi natijalarga erishmoqda. Bundan keyin jamoamiz yana ham kuchliroq bo'ladi va ajoyib o'yinlarni namoyish etamiz. 2012 yilda «Chevrolet» brendi «One World Futbol» loyihasining homiysi bo'lgandan keyin kompaniya bu dasturni faol qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Ushbu maqsadda Chevrolet «One World Futbol» loyihasi bilan bir qatorda butun dunyo bo'yicha yoshlarni qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlarning tarmoqlari bilan ham faol hamkorlik qilmoqda. Bugungi kunda «Chevrolet» brendi «One World Futbol» loyihasining homiysi sifatida dunyoning besh qit'asi: Yevropa, Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika davlatlaridan futbolga qo'shilgan 30 milliondan ortiq yoshlarga koptoklarni tarqatdi.