logo
Orqaga k ro'yxatiga

Daewoo Gentra Rossiyada 500 000 rublgacha bo‘lgan avtomobillar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

“Mail.ru”ning avtomobillar bo‘limi Rossiyada 500 ming rublgacha bo‘lgan mashinalar reytingini tuzib chiqdi. Ushbu beshlikda birinchi o‘rinni Daewoo Gentra egalladi. Daewoo Gentra’ning narxi 419 ming rubl (taxminan 7 340 dollar)dan boshlanishi, optimal komplektatsiya esa 499 ming rubl (8 740 dollar)ga tushishi qayd etildi.

Daewoo Gentra faqat sedan kuzovida, hajmi 1,5 litrga teng benzinli to‘rt silindrli yagona dvigatelli holatda taklif etiladi.  Toshkentdagi GM Powertrain Uzbekistan korxonasida ishlab chiqfrilayotgan ushbu dvigatellar avval Chevrolet Lacetti’ga qo‘yilgan agregatlardan ba’zi xususiyatlariga ko‘ra biroz farqlanadi.

Reytingning keyingi pog‘onalarini Renault Logan (425 ming rubl -7 520 dollardan boshlanadi, optimal komplektatsiyasi 507 500 rubl — 8 980 dollar), Lada Kalina Cross (471 ming rubl - 8 330 dollardan boshlanadi), Datsun on-DO (376 ming rubl – 6 650 dollardan boshlanadi, optimal komplektatsiyasi 447 ming rubl – 7 900 dollar), Lada Granta liftbeki (348 800 rubl – 6 170 dollardan boshlanadi, optimal komplektatsiyasi 401 600 rubl – 7 100 dollar) egalladi.