logo
Orqaga k ro'yxatiga

Matiz -yilning eng zo‘r avtomobili

23 aprel kuni Moskvada «2015 yil avtomobili»  an'anaviy milliy mukofotini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.  Ushbu tadbirda  Matiz 2015 yil avtomobili sifatida e'tirof etilishi bilan  yurtimiz avtomobilsozlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Rossiya avtobozorlarida  rasmiy sotilayotgan  403 ta avtomobil rusumlari orasida  aynan, Matiz shu nomga sazovor bo‘ldi.

2015 yilda   avtomobillar savdosi hajmining tushishiga qaramay  «Yil avtomobili» tanlovi  uchun «Matiz»  avtomobiliga ovoz berishda  Rossiyaning 85 ta hududidan  938 904 nafar  inson ishtirok etdi.  Bu esa  Rossiya xalqining  iqtisodiy qiyin sharoitga qaramasdan avtomobillar dunyosiga xususan, o‘zbek avtomobillariga bo‘lgan qiziqishi anchagina kuchli ekanligidan darak beradi.

«2015 yil avtomobili» mukofoti uchun   Rossiyada rasmiy sotuvi yo‘lga qo‘yilgan 403 ta avtomobil rusumlari ishtirok etdi. Katalog uchun  mazkur avtomobillar to‘g‘risidagi ma'lumotlar  avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning  vakolatxonalari tomonidan 2014 yilning 31 dekabriga qadar taqdim etildi. «Yil avtomobili» mukofoti bilan taqdirlash marosimida «Yil yangiligi», «Ommabop sevimli rusum» kabi bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha   23 sinfdagi  g‘olib avtomobillar e'lon qilindi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki,   15 - bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda bu safar Matiz yil avtomobil sifatida e'lon qilindi.  Bu safar «Chevrolet Spark» va  «Kia Picanto» avtomobillari  unga asosiy raqib bo‘ldi.  Albatta, aytib o‘tish kerakki, 2003 yilda ham Matiz yil avtomobili sifatida g‘olib bo‘lgandi.

Kichik sinfdagi avtomobillar orasida «Hyundai Solaris» yetakchi o‘ringa loyiq deb topildi.  Minivenlar orasida esa «Citroyen C4 Picasso» eng zo‘ri deya e'tirof etildi.

«Matiz» avtomobili yurtimizda 2001 yildan beri ishlab chiqarilmoqda. 2004 yil dekabr oyidan boshlab esa   1 litr sig‘imga ega dvigatel va avtomat uzatmalar qutisi  bilan jihozlangan  «Matiz Best» avtomobili ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. 2007 yil  dekabrda «Matizni EURO III dvigatellari bilan ishlab chiqarish boshlandi.  Matiz avtomobilining qo‘lga kiritgan bu g‘alabasi  yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar MDH davlatlari aholisi orasida  sifat va narx uyg‘unligi bo‘yicha  keng ommalashganining amaldagi tasdig‘idir.