logo
Orqaga k ro'yxatiga

«One World Play» loyihasi bolalarga quvonch ulashishni davom ettirmoqda

O'tgan yilning oktyabr oyida O'zbekistonda GM Operations ning Chevrolet " brendi ostida 2200 dona chidamli to'plarni "One World Play " dasturi asosida dunyo bo'ylab maktablar va mehribonlik uylariga 2015 yilning oxirigacha xayriya sifatida tarqatishni muhim vazifalardan biri sifatida qabul qildi. Ushbu dastur O'zbekistonda 2014 yil “Sog'lom bola yili” deb e'lon qilinishi bilan tasodifiy mos keldi.

"One World Play" loyihasida "Chevrolet" kompaniyasi 2012 yildan buyon qatnashib keladi. Ma'lumki, dastur o'z oldiga og'ir vaziyatlarda insonlarga yordam berish, sportga bo'lgan muhabbatini uyg'otish kabi ishlarni maqsad qilib qo'ygan. Ushbu loyiha doirasida 1,5 millionta futbol to'pi maktab hamda boshqa tashkilotlarga xayriya sifatida maqsadida tarqatilishi kerak.

O'tgan yilning noyabr oyida O'zbekistondagi «GM Operations»ning vakillari Bo'ka shahridagi 15 - sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga "Chevrolet" brendi ostidagi 160 ta chidamli to'plarni tekinga tarqatishdi.

Keyingi oylarda ham ushbu loyiha davom etdi. Bu safargi dastur Farg'ona vohasida amalga oshirildi.GM Operations loyihasining O'zbekistondagi Prezidenti va boshqaruvchi rahbari Kaxer Kazem Andijon viloyati futbol komandasi treneri Iskander Galliulin hamda “Paxtakor” va “Bunyodkor” klubi o'yinchilari Bekzod Karimov hamda Anvar Berdievlar bilan Andijon shahridagi «Bolalar shaharchasi»da joylashgan mehribonlik uyiga, shuningdek, Farg'ona shahridagi imkoniyati cheklangan bolalar maxsus Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga to'plarni topshirishdi.

Andijonda to'plarni topshirish bilan boshlangan tadbir tashrif buyurgan mehmonlarga Mehribonlik uyini tanishtirish bilan davom etdi. Tanishuv bahona bir piyola choy ichishga taklif etilgan mehmonlar dasturxon atrofida barcha bolalar bilan samimiy suhbat qurishdi. Kaxer Kazem bolajonlarga «One World Play» loyihasi haqida so'zlab berdi. Mehmonlarga minnatdorchilik ramzi sifatida bolajonlar ushbu tadbir oldidan maxsus tayyorlagan bir qancha milliy va sport chiqishlari bilan tadbirga yanada fayz kiritishdi. Havaskor sportchi bolajonlarning chiqishlari samarasiz ketmadi. Tadbir so'ngida yosh sportchilarning mahorat va qobiliyatlarini ko'rgan Iskander Galliulin Mehribonlik uylariga yordam berishga va bu erda tarbiyalanayotgan sportga ixlosmand yoshlarni futbol chempionatlariga tayyorlashga, bir so'z bilan aytganda, futbol sirlarini o'rgatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Farg'ona vodiysidagi ikkinchi tadbir noqulay ob-havo sharoiti tufayli belgilangan vaqtdan biroz kechroq boshlandi. Shunday bo'lsa-da, ko'zlari quvonchdan porlagan bolajonlarning kayfiyatiga hech narsa ta'sir qilmadi. Sovg'alar topshirilishi hamon bolajonlar xursandlik bilan to'plarni sinab ko'rish va futbolning o'ziga xos salobatini his qilish maqsadida fubol maydoniga yugurdilar.

Nurxon Niyazova, Farg'ona shahridagi imkoniyati cheklangan bolalar maxsus Mehribonlik uyi direktori o'rinbosari

Bizning bolalarimiz o'zlarining sevimli ,ular ham alohida e'tiborga sazovor ekanligini his qilishlari uchun Halqaro nogironlar kuni juda muhim ahamiyatga ega edi. Men mehmonlarimiz bugungi noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan bizning Mehribonlik uyimizga tashrif buyurganidan minnatdorman. Biz GM kompaniyasi homiylik qilayotgan yirik loyihaning bir bo'lagi ekanligimizdan juda xursandmiz. GM Operations vakillari bilan uchrashuvimiz bu sportda yanada ko'proq yutuqlarga erishishimizda muhim ahamiyatga ega. Men keyingi Paraalimpiya o'yinlarida o'tgan yili ikkinchi o'rinni egallagan bizning bolajonlarimiz bundanda ulkan natijalarga erishishiga ishonaman.

Yaqin kunlarda GM Operations vakillari O'zbekistonning boshqa viloyatlariga ham tashrif buyurib, One World Play loyihasini davom ettirishlari rejalashtirilgan.

213123231