logo
Orqaga k ro'yxatiga

Yangilangan “Chevrolet Lacetti” – Savdoga Start Berildi!

Bir necha oylar davomida o’zbekistonlik avto muxlislar sevib qolgan “Chevrolet Lacetti”ning “facelift”(tashqi ko’rinishini takomillashtirish)i  amalga oshirilishi haqidagi mish-mishlar bilan yashayotgan edi. Vanihoyat, sirlar oshkor bo’ldi, model rasman savdoga chiqdi.

2013-yilning 22-noyabr oyida Toshkentning “Driver`s Village” dilerlik markazida mijozlarga yangilangan “Lacetti” avtomobili taqdim etildi.  Ushbu ulov sinalgan platform asosida qurilgan bo’lib, u bir qator sezilarli yangilanishlarga ega bo’lgan.

Yangilangan “Lacetti” bir vaqtning o’zida ixcham va o’ziga rom etuvchi dizaynga ega. Kuzovdagi o’ziga hos chizgilar avtomobilga dinamik va zamonaviy ko’rinish beradi. Tomchisimon faralar, yangi ko’rkam radiator panjarasi va pastki qismi uzaytirilgan old bamper tumanga qarshi faralarga urg’u bergan va bularning barchasi avtomobilning tashqi tuzilishi hamohangligiga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, ichki jihozlanish va kenglikning chuqur o’ylangan ergonomikasi avtomobilni ham haydovchi, ham yo’lovchi uchun birday qulay qiladi.

Haydovchi qulayligi uchun maxsus ravishda tasma sozlash, rul kolonkasini balandlik bo’yicha sozlash, yukxona bo’linmasi va benzobak lyukchasini avtomatik tarzda ochuvchi tizimlar o’rnatilgan.

Yangilangan model arsenalida, bundan tashqari, isitkichli elektrlashgan orqani ko’rish oynasi, audiotizimni masofadan turib boshqaruvchi rul tizimi bor. Yangilangan “Lacetti” ishlab chiqaruvchilari yo’lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida orqa o’rindiqqa ham e’tibor qaratishgan: o’rindiqning o’rtasiga nafaqat tirsak, balki stakan qo’yish uchun maxsus (charm qoplamali) panel o’rnatishgan. Avtomobil elektrlashgan va yog’och ko’rinishida qoplangan avtomatik lyuk bilan ham jihozlangan.

Avtomobillarga “General Motors Powertrain Uzbekistan”da ishlab chiqarilgan 4 tsilindrli, hajmi 1,5 litrga teng va 105 ot kuchiga ega dvigatellar o’rnatilgan.

Mijoz didiga qarab 5 bosqichli mexanik uzatish qutisi yoki 6 bosqichli avtomatik transmissiya taklif etiladi. Dvigatel ekologiyaning xalqaro standartlariga javob beradi.

Yangilangan “Chevrolet Lacetti” o’z egalari uchun maksimal qulaylik berish maqsadida yaratilgan bo’lib, haydovchi va old o’rindiqdagi yo’lovchi xavfsizlik yostiqchalari bilan himoyalangan. O’rindiqlar uch nuqtali havfsizlik kamarlari bilan jihozlangan.

Yosh yo’lovchilar xavfsizligi uchun esa avtomobil “Isofix” moslamalari va orqa eshiklarning avtomatik bloklovchi tizim bilan jihozlangan.