logo

Yangiliklar

  • «UZSUNGWOO» QK MCHJ MAQSAD: EKSPORT SALOHIYATINI O'STIRISH 09.03.2015Batafsilroq

    Bugun avtomobilsozlik – mamlakatimiz iqtisodiyotida eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ko'plab korxonalarni o'zida birlashtirib juda tez sur'atloar bilan rivojlanib borayotgan sohadir. Dunyodagi etakchi kompaniyalar bilan teng huquqli va o'zaro manfaatli hamkorlik o'rnatishga asoslangan rivojlanish strategiyasi dunyo standartlariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

  • «O'Z-KORAM KO.» KORXONASIDA YANGI MAHSULOT TURLARI 05.03.2015Batafsilroq

    1995 yilda o'z faoliyatini boshlagan «O'z-Koram Ko.» MChJ korxonasi zamonaviy yuqori texnologik material-polipropilendan (Expandable Poly Propilene) avtomobillar uchun zarbani yutuvchi materiallar, engil va kamxarajatli plastik bamperlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

  • MAHORAT VA UDDABURONLIK BAHSI 24.02.2015Batafsilroq

    Jizzax shahridagi «Navro‘zbuloq» poygagohida joriy yilning 14-15 fevral kunlari avtokross bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘tkazildi. O‘zbekiston milliy avtomobil federatsiyasi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar” tashkiloti, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi hamda Jizzax viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Toshkent, Namangan,  Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo  va Jizzax viloyatidan 10 dan ortiq sport klublari g’oliblik uchun kurash olib bordilar.

  • «One World Play» loyihasi bolalarga quvonch ulashishni davom ettirmoqda 15.01.2015Batafsilroq

    O'tgan yilning oktyabr oyida O'zbekistonda GM Operations ning Chevrolet " brendi ostida 2200 dona chidamli to'plarni "One World Play " dasturi asosida dunyo bo'ylab maktablar va mehribonlik uylariga 2015 yilning oxirigacha xayriya sifatida tarqatishni muhim vazifalardan biri sifatida qabul qildi. Ushbu dastur O'zbekistonda 2014 yil “Sog'lom bola yili” deb e'lon qilinishi bilan tasodifiy mos keldi.

  • CHEVROLET O'ZBEKISTONDA «ONE WORLD FUTBOL» DASTURINI BOSHLADI 27.11.2014Batafsilroq

    " One World Futbol " loyihasida " Chevrolet " kompaniyasi 2012 yildan buyon qatnashib keladi. Ma'lumki, dastur o'z oldiga og'ir vaziyatlarda insonlarga yordam berish, sportga bo'lgan muhabbatini uyg'otish kabi ishlarni maqsad qilib qo'ygan. Ushbu loyiha doirasida 1, 5 millionta futbol to'pi maktab hamda boshqa tashkilotlarga xayriya-ehson maqsadida tarqatilishi kerak. O'zbekistonda GM Operations ning birinchi to'p tarqatish marosimi Chirchiq shahridagi mehribonlik uyida bo'lib o'tdi. 

  • Chevrolet Orlando – Barcha Oila Uchun Ajoyib Sovg’a 07.08.2014Batafsilroq

    10-mart kuni poytaxtimizning «Driver’sVillage» avtosalonida yangi “Chevrolet Orlando” minivenining taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbir tashkilotchilari “O’zavtosanoat” AK va “General Motors O’zbekiston” AJ bo`ldi. Tadbirning rasmiy qismini “GM”ning  O’zbekistondagi prezidenti va boshqaruv direktori Kazem Kaxer hamda «GM O’zbekiston» YoAJning Marketing, savdo va avtoservis bo’yicha boshqaruv direktori Abdumalik Abdullayevlar ochib berdi. Ular tadbir ishtirokchilariga tabrik so’zlari bilan murojaat qilib, yurtimiz avtosanoatidagi ushbu ahamiyatli sana bilan tabrikladi.