logo

Lacetti

Agar sizga avtomobilning tashqi ko‘rinishi muhim bo‘lsa u holda Lacetti aynan siz uchun. To‘g‘ri mutanosiblik, silliq forma, bo‘rttirib ishlangan chiziqlar bir-biriga hamohang tarzda savlatli interyer va eksteryerga ega avtomobil. Lacetti zamonaviy va shinam saloniga besh nafar insonni juda qulay joylashtira oladi. Uskunalar paneli haddidan oshmaydigan xilma-xil uslublari ajralib turadi. Xrom bilan ishlov berilgan qismlar va qurilmalar mukammal joylashtirilgan. Avtomobilning yurish qismi jiddiy sinovlardan o‘tkazilgan hamda mukammal darajaga yetkazilgan.Lacetti kuzovining zamonaviy dizayni Italiyaning mashhur Pininfarina avtomobil atelyesi mehnatining mahsulidir. Bodomsimon oldchiroqlar va uzun ohista chiziqlar kishini o‘ziga tortadigan shaklni hosil qiladi. Kelishgan dizaynga ega 4 eshikli Lacetti avtomobili keng saloni bilan birga bu shunchaki oddiy oilaviy sedan emas. 

Eksterer

Avtomobilning tashqi ko‘rinishi italiyalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan shuning uchun u yetarlicha jozibali ko‘rinadi. Mazkur modelning eng asosiy ahamiyati bir tekisda oxiriga yetkazilgan chiziqlar tufayli asliga qaraganda biroz kattaroq va salobatliroq ko‘rinishidir. Bunda biroz yuqori sinfdagi avtomobillarning o‘ziga xos tashqi bezaklari dinamik jo‘shqinlik va ulug‘vorlikni kasb etadi.Avtomobil tashqi ko‘rinishidagi barcha qismlar 15 dyuymli disklardan boshlab, orqani ko‘rsatuvchi o‘ziga xos yon oynalargacha italyancha nafislik va yuqori sifati bilan alohida ajralib turadi.Yangi J200 platformasi tufayli Chevrolet Lacettining har qanday jamlamdagisi inson o‘zini qulay his qiladigan darajada keng qilib ishlangan. Misol uchun: sedanlar orasida ushbu avtomobil eng keng (1,725), xetchbeklar orasida esa eng uzun (4,295m) avtomobil hisoblanadi. 

avtomobilning ichki ko'rinishi

Chevrolet Lacettining interyeri oddiyligi va ko’rkamligi bilan ajralib turadi. Sifatli bezak materiallaridan foydalanishda yagona rang gammasiga e'tibor qaratilganligi shinamlikni ta'minlaydi va salondagi bo‘shliqni kengaytiradi. Barcha zaruriy boshqaruv qurilmalarini o‘zida jamlagan uskunalar paneli, charm qoplangan qulay rul chambaragi, yoritilgan bardachok (g‘aladon), iqlim nazorat tizimi, spidometr bularning barchasi avtomobil jamlamidagi eng kichik qism bo‘lsa-da o‘ziga, xos uslubda ishlangan.Qulay yurishi uchun avtomobil alohida tirsakqo‘ygichlar, bo‘lmachalar, stakan qo‘yish, hatto axlat uchun  alohida joylar bilan jihozlangan. Tevarak-atrofning juda yaxshi ko‘rinishi xavfsiz harakatlanishingizni ta'minlasa, dvigatelning ortiqcha shovqinsiz ohista ishlashi va shovqindan himoya qiluvchi ajoyib qatlam sizga alohida qulaylik yaratadi.   

Texnik tasniflar Lacetti

 
 

 RUSUM

Lacetti

 

 TURI

SX (MT,AT)

CDX (MT,AT)

 

 Kuzov

 

 

 

 TOIFA

 

 4х-esh. Notchback

 

 Tuzilishi/material

 Tutib turuvchi/po’lat

 

 O’rindiqlar soni

 5

 

 O’lchamlari (мм)

 

 

 

 Tashqi

 Uzunligi

 4515

 

 

 Kengligi

 1725

 

 

 Balandligi

 1445

 

 G’ildiraklar bazasi

 2600

 

 G’ildirak (old/orqa)

 1480/1480

 

 DVIGATEL

 

 

 

 Toifa

 

B15D2  DOHC   4-taktli, benzin. Yonilg’i purkash

 

 Ish hajmi (sm.kub)

1485

 

 Silindrlar soni

4 qator

 

 Silindr va porshenlarning diametri (mm)

74,7/84,7

 

 Siqish darajasi

10.2

 

 Quvvati (o.k/ob.daq)

79/5800

 

 Eng yuqori burash lahzasi (Нм/ob.daq)

141/3800

 

 TRANSMISSIYA

 

 

 

 Siqish darajasi

MT-5/AT-6

MT-5/AT-6

 

 Ulashma

Qur. yakkadiskli. / -

Qur. yakkadiskli. / -

 

 Asosiy uzatmalar soni

4.467 /4.11

4.467 /4.11

 

 ОБЪЕМЫ и МАССЫ

 

 

 

 Объем топливного бака (л)

60

 

 Объем багажника (л)

405-1225

 

 Аккумулятор 12V (A/ч)

55

 

 Снаряженная масса автомобиля (кг)

1245~ 1300

 

 Полная масса автомобиля (кг)

 

1660

 

 DINAMIK TASNIFI

 

 

 

 

 Eng yuqori tezligi (km/ch)

180

180

 

 0 dan ~ 100 km/ch gacha tezlashish (son.)

 -

 

 RUL BOSHQARUVI

 

 

 

 Toifa

 

Shesternya va reyka 

 

 Eng kichik radiusda qayrilish (m)

5.2/5.5

 

 Tormoz 

 

 

 

 Toifa

 

X-toifa

 

 old/orqa

diskli/barabanli

 

 OSMA

 

 

 

 Old

Makferson

 

 Orqa

Mustaqil, uzayt. dastakli

 

 G’ildiraklar va shinalar

 

 

 

 G’ildirak

14 X 5.5, po’lat,. 15 X 6, po’lat

14 X 5.5, po’lat,.15 X 6, quyma (opts.)

 

 Shina

185/65R14: 195/55R15

 

 КОНТРОЛЬНЫЙ РАСХОД ТОПЛИВА (Л/100 км)

 

 

 - 90 кm/ch

 -

 

 - 120 кm/ch

 

 - shahar ichida