TAHOE HIGH COUNTRY 2025 1 464 500 000 so'm

6.2 L

DVIGATEL

10-AT

UZATMALAR QUTISI

722/2056/3480 L

YUKXONA HAJMI

420 ot kuchi

MAKSIMAL QUVVAT

16,8 L

YOQILG'I SARFI

TO‘LIQ HAJMLI YO‘LTANLAMAS, HAYRATLANARLI KUCHNING MUJASSAMLASHUVI

Yangi Chevrolet Tahoe - afsonaviy to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamas bo‘lib, faqat sizning ixtiyoringizda bo‘lgan ajoyib kuchning timsoli hisoblanadi. Uning dizayni qat’iy, yorqin va ifodali kuzov chiziqlari bilan ko‘zni qamashtiradi. 420 ot kuchiga ega 6,2 litrli V8 dvigateli, 10 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va moslashuvchan pnevmatik osma bilan jihozlangan bo‘lib, avtomobil har qanday yo‘lda tengsiz erkinlik hissini, mukammal ravon harakatni va ajoyib boshqaruvchanlikni ta’minlaydi.

Rangni tanlang

* Dileringiz bilan ranglarning mavjudligini tekshiring

Eksteryer

Ishonchli ko‘rinish. Yangi Chevrolet Tahoe’ni bir qarashda kuchini sezish mumkin. Dadil dizayn, aniq proporsiyalar va kengaytirilgan g‘ildirak bazasi – bularning barchasi uning kuchini va har qanday sinovlarga tayyorligini ta’kidlaydi.

Yangilangan eksteryer

Yangilangan radiator panjarasi uning ishonchli va qat’iyatli uslubining yorqin elementidir. Yangi Chevrolet Tahoe o‘zining butun ko‘rinishi bilan yo‘lda o‘z ustunligini namoyon etishga tayyor.

Interyer

Bu yangilangan, sokin va nafis salon, hatto voqealar qoq markazida bo‘lsangiz ham, barcha ishlardan chalg‘ishingizga yordam beradi. Yuklarni saqlash va tashish uchun ko‘plab yechimlar o‘ylangan. Yangi Tahoe uch qatorli yo‘ltanlamas bo‘lib, unda har qanday safarlar uchun yetarlicha joy mavjud.

Yangilangan interyer

High Country modeli birinchi va ikkinchi qatordagi perforatsiyalangan charmdan ishlangan o‘rindiqlar o‘ziga xos chok va logotip, shuningdek, yuqori sifatli bezatilgan yuqori sifatli yog‘och dekor bilan ajralib turadi.

Multimedia

Yangi Tahoe o‘z sinfidagi eng yaxshi 17,7 dyuymli markaziy sensorli displey bilan jihozlangan bo‘lib, bu barcha ma’lumotlarni haydovchi qo‘l ostida saqlaydi. Shuningdek, u Google, Apple CarPlay va Android Auto kabi standart o‘rnatilgan funksiyalarga ega.

Avtomobil haqida batafsil ma'lumot olish

avtomobil onlayn savdosi

Chevrolet nafaqat yangi yo’llarni, balki yangi onlayn imkoniyatlarni xam ochadi. Endi siz qayerda bo’lishingizdan qat’iy nazar, Chevrolet'ni tanlashingiz va uning еgasi bo’lishingiz mumkin. Rasmiy Chevrolet dillerlarining barcha takliflari veb-saytda taqdim etiladi va shaxsiy menejer xar doim aloqada bo’lib, Sizga onlayn hamroh bo’ladi.

XAVFSIZLIK VA HAYDOVCHIGA YORDAM

Oldindan to‘qnashuv ehtimoli haqida ogohlantirish tizimi To‘qnashuv xavfi bo‘lganda va oldindagi avtomobil bilan yetarli masofa saqlanmaganda, oldinda harakatlanayotgan avtomobil bilan to‘qnashuvdan ogohlantiradi. Barcha modellarda standart jihoz sifatida mavjud.
Oldinda piyodalarni aniqlash tizimi Avtomobil oldida piyoda aniqlanganda va past tezlikda harakatlanayotganda, ushbu tizim to‘qnashuvning oldini olishga yordam beradi yoki zararni kamaytiradi. U piyodani aniqlaganda, hatto avtomatik tarzda to‘xtash harakatini amalga oshirishi mumkin. Tun vaqtida yoki yomon ko‘rinish sharoitida samaradorligi cheklanishi mumkin. Barcha modellarda standart jihoz sifatida mavjud.
Avtomatik elektron tormoz tizimi Past tezlikda harakatlanayotganda to‘qnashuv ehtimoli aniqlansa, tizim ogohlantiradi va avtomatik tormozlash orqali to‘qnashuvning oldini olishi yoki zararni kamaytirishi mumkin. Tun vaqtida yoki yomon ko‘rinish sharoitida samaradorligi cheklanishi mumkin. Barcha modellarda standart jihoz sifatida mavjud.
Faol harakat yo‘nalishini saqlash tizimi Beixtiyor harakat yo‘nalishidan chiqish yoki yo‘l chizig‘idan chiqishda rulni to‘g‘rilash orqali avtomobilni harakat yo‘nalishiga qaytarishga yordam beradi. Barcha modellarda standart jihoz sifatida mavjud.
Yo‘l chizig‘idan chiqish yordamchisi va yo‘l markazini ushlab turish tizimi Yo‘l chizig‘idan chiqish yoki harakat yo‘nalishidan og‘ishda avtomobilni qayta yo‘naltirishga yordam beradi. Barcha modellarda standart jihoz sifatida mavjud.
Orqaga harakatlanganda piyodalarni aniqlash tizimi Avtomobil orqasida piyoda aniqlanganda ogohlantiradi va to‘xtash yoki harakatni davom ettirish haqida qaror qabul qilish imkonini beradi. Tun vaqtida yoki yomon ko‘rinish sharoitida samaradorligi cheklanishi mumkin. Barcha modellarda standart jihoz sifatida mavjud.
HD orqa kamerasi Avtomobil orqasidagi hududni ko‘rsatadigan standart funksiya. Barcha modellarda standart jihoz sifatida mavjud.
Yon tomondan harakatlanayotgan obyektlar haqida ogohlantirish tizimi Avtomobil orqasiga yondosh yo‘llardan harakatlanayotgan obyektlar haqida ogohlantiradi. Barcha modellarda standart jihoz sifatida mavjud.
Adaptiv kruiz-kontrol tizimi Oldindagi avtomobil bilan masofani avtomatik ravishda saqlab turadi va harakat tezligini moslashtiradi. Barcha modellarda standart jihoz sifatida mavjud.
IntelliBeam tizimi Yo‘l yoritilishiga qarab avtomatik ravishda uzoq yorug‘lik faralarini yoqadi yoki o‘chiradi. Barcha modellarda standart jihoz sifatida mavjud.
Xavfsizlik kuzatuvchi o‘rindiq.

Veb-saytda aks ettirilgan avtomobil kuzov ranglari taxminiy hisoblanadi va haqiqiy avtomobil rangidan biroz farq qilishi mumkin. Ko'rsatilgan texnik xususiyatlar Chevrolet avtomobilingizning texnik xususiyatlaridan farq qilishi mumkin. Sizning e'tiboringizni konfiguratsiyalar, texnik xususiyatlar, ranglar kombinatsiyasi, shuningdek, avtomobillar va texnik xizmat ko'rsatish narxiga oid barcha ma'lumotlar tanishish uchun mo'ljallanganligi hamda hech qanday holatda ommaviy oferta emasligiga qaratmoqchimiz.

Saytda ma’lumot joylashtirilgan vaqtda mavjud bo'lgan eng to'liq va aktual ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. UzAuto Motors kompaniyasi istalgan vaqtda saytga oldindan ogohlantirmagan holda ba'zi ma'lumotlar, ya'ni jihozlar tavsifi, konfiguratsiyalar, texnik xususiyatlar, modellar assortimenti va ayrim mahsulotlarning mavjudligi haqida o'zgartirishlar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. Ushbu veb-saytda keltirilgan texnik ma'lumotlar, shu jumladan umumiy o'lchamlar va boshqa ma'lumotlar prototiplarni ishlab chiqish va laboratoriya sinovlari paytida olingan ma'lumotlarga asoslanadi. Yanada ko'proq ma'lumot olish uchun rasmiy Chevrolet dilerlariga murojaat qiling.

Eslatma: Saytdagi ba'zi fotosuratlarda ko'rsatilgan avtomobillar qo'shimcha uskunalar bilan jihozlangan.

Chevrolet avtomobillari va ularning butlovchi qismlari UzAuto Motors kompaniyasining turli bo'linmalari, uning sho'ba korxonalari yoki butun dunyo bo'ylab yetkazib beruvchilari tomonidan yig'iladi yoki ishlab chiqariladi. Agar zarur bo'lsa, kompaniya Chevrolet avtomobillarini dastlab rejalashtirilgan butlovchi qismlardan farq qiluvchi qismlardan foydalangan holda ishlab chiqarishi mumkin.

Xarid qilishdan oldin Chevroletning O'zbekistondagi rasmiy dilerlari bilan bog'lanib, avtomobil haqidagi zarur ma’lumotlarni, jumladan, avtomobilingizning texnik xususiyatlari, shuningdek, funksiyalarni yoki jihozlarini tiklash va qayta ta’minlash imkoniyatlari bilib oling.

Avtomobillarning joriy narxi, texnik xususiyatlari, texnik tavsiflari va sotuvda mavjudligi haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun Chevrolet vakolatli dilerlariga murojaat qiling.