“UzAuto Motors” AJ tijorat banklari bilan hamkorlikda Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini 0 foizli kredit stavkasi bilan xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda.
Mijozlar tanlangan model uchun amalga oshirilgan boshlang‘ich to‘lov miqdoriga qarab, Tracker avtomobilini 56 oygacha, Onix avtomobilini esa 60 oygacha foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyatiga ega.
Shartlar:
Foiz stavkasi: 0%
Boshlang‘ich to‘lov: 25% dan 60% gacha
Muddati: 24 oydan 60 oygacha
Moliyalashtirish shartlari “O‘zmilliybank” AJ tomonidan amalga kiritiladi. To‘lov muddati tanlangan model va boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Avtomobillar chegirmasiz narxlarda taklif etiladi.
Batafsil ma’lumot olish uchun “O‘zmilliybank” AJ rasmiy saytiga tashrif buyuring.