Mijozlarga xizmat ko'rsatish: 78 141 77 77 Tashkent
RU UZB

Traverse Chegirmadagi narx 689 730 560 so'mdan

3.6 L

DVIGATEL

9-AT

UZATMALAR QUTISI

651/2781 L

YUKXONA HAJMI

318 ot kuchi

MAKSIMAL QUVVAT

10 L

YOQILG'I SARFI

Chevrolet Traverse

Chevrolet Traverse – oilangizning to’laqonli a’zosi bo’la oladigan ishonchli krossover. Ilg'or texnologiyalar yordamida yaratilgan Chevrolet Traverse sizning eng buyuk rejalaringizni amalga oshirishda yordam beradi. Avtomobil taasurot qoldiradigan texnologiyalar bilan jihozlangan: Bagajni qo’lsiz ochish, avtomatik tarzda chiroqlarni sozlash (uzoqni yaqinga o’tkazish), simsiz zaryadlash qurilmasi (induksion), 360 gradusli kamera va boshqa.

Rangni tanlang

* Dileringiz bilan ranglarning mavjudligini tekshiring

Yangi Chevrolet Traverse avtomobili siz va oilangiz uchun yo’lning har bir kilometrni o’zgacha qilishga qodir. Deyarli 8 o'rindiqli va keng bagaj sig’imiga ega, boshqaruv rejimini tanlash funksiyali haydovchi tizimi, mustahkam ko'rinish va yangilangan intererli avtomobil har qanday topshiriqqa moslasha oladi. Ushbu ro’yxatga eng zamonaviy xavfsizlik texnologiyalari, shuningdek qulayligingizni ta’minlaydigan qo’shimcha funksiyalarni kiriting. Shundagina nega Traverse Sizning tanlovingiz ekanligini tushinib yetasiz.

Eksteryer

Traversening eng kuchli tomonidan biri uning tashqi ko’rinishidir. Avtomobil yirik radiator panjarasi, agressiv yoritish texnikasi, kvadrat g’ildirak kamarlari bilan tekis yon tomonlar va kuchli tayanch tomlar hamda orqa taraf chiqish tizimidagi ikkita quvurli kabartmali bamperlar bilan ta’minlangan

Eksteryer

Intellektual to’liq g’ildirakli tizim sirpanchiqli muzli yo’llarda avtomobilga nazoratni kuchaytiradi, old g’ildiraklarni tanlash tizimi esa yoqilg’i tejamkorligini ta’minlaydi.

Eksteryer

Bundan tashqari, yo’lda harakat davomida to’liq va old g’ildirakli rejimga o’tib harakatda davom etishingiz mumkin.

avtomobil onlayn savdosi

Chevrolet nafaqat yangi yo’llarni, balki yangi onlayn imkoniyatlarni xam ochadi. Endi siz qayerda bo’lishingizdan qat’iy nazar, Chevrolet'ni tanlashingiz va uning еgasi bo’lishingiz mumkin. Rasmiy Chevrolet dillerlarining barcha takliflari veb-saytda taqdim etiladi va shaxsiy menejer xar doim aloqada bo’lib, Sizga onlayn hamroh bo’ladi.

3.6 litrli V6 dvigatel 318 ot kuchi bilan 7.6 soniyada 100 km/s bilan avtomobilni qulay boshqarishni hamda yoqilg’i tejamkorligini ta’minlaydi. Yetti o’rindiqli avtomobil qulaylik uchun eng so’nggi funksiyalar bilan birga ko'ngilochar hamda xavfsizlik bo'yicha eng ilg'or texnologiyalarni taklif etadi.

Yangilangan interyer

Zamonaviy Chevrolet modellari ruhida bezatilgan gigant - krossover intererida yumshoq chiziqlar ustunlik qiladi. O’zining orqasidan ulkan sirni saqlaydigan 7 yoki 8 dyumli sensor displeyli MyLink multimedia tizimi e’tibor markazidadir.

Yangilangan interyer

Chevrolet Traverse elektron boshqaruvli rul bilan jihozlangan. Shu sababli avtomobil yo’lda o’zingizni yanada yaxshiroq his qilishingiz uchun ishonchli boshqaruvni taqdim etadi.

Yangilangan interyer

Salon komfortini his qilish. Dam olish kunlari oilaviy sayohatmi yoki katta safarlar? Yangi Chevrolet Traverse salonining hayratlanarli kengligi, elegant bezaklari va ilg'or zamonaviy jihozlari har qanday sayohatni har bir yo'lovchi uchun yoqimli safarga aylantiradi.

Rangli 8 dyumli sensor ekran 10 ta kalonkadan iborat premium "Bose" dinamikli multimedia tizimiga ega. Xavfsizlik texnologiyalari va texnik xususiyatlari tufayli Traverse bilan yilning istalgan vaqtidagi har qanday safarda o'zingizni yanada ishonchli va erkin his qilasiz. Xavfsizlik hammasidan ustunligini bilgan holda, Chevrolet Traverse yo’ldagi xavfli vaziyatlarning oldini olish uchun eng ilg’or xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan. Chevrolet texnologiyalari - har kimning xavfsizligi uchun.

Yuqori texnologiyalar natijasi

Chevrolet Traverse – oilangizning to’laqonli a’zosi bo’la oladigan ishonchli krossover. Avtomobil o’zining zamonaviy va xavfsizlik texnologiyalari bilan dam olish kunlari shahar tashqarisida, tabiat qo’yniga chiqishda yoki oilaviy sayohatlar uchun rejalashtirgan ishlaringizni amalga oshirishda yordam beradi.

Sevimli musiqalaringiz sayohatlaringizda eng yaxshi sifatda sizga hamroh bo’ladi. Yangi Chevrolet Tahoe 9 ta dinamik va sabvuferli Bose Premium audiotizimi bilan jihozlangan.

Sevimli musiqalaringiz sayohatlaringizda eng yaxshi sifatda sizga hamroh bo’ladi. Yangi Chevrolet Tahoe 9 ta dinamik va sabvuferli Bose Premium audiotizimi bilan jihozlangan.

Ikkinchi qatordagi yo’lovchilar uchun mo’ljallangan multimedia tizimi ekranlar va asosiy displeyga yuborilgan navigatsiya ma’lumotlarini ekranlar o'rtasida almashish imkonini beradi.

Chevrolet texnologiyalari - har kimning xavfsizligi uchun. Xavfsizlik hammasidan ustunligini bilgan holda, Chevrolet Traverse yo’ldagi xavfli vaziyatlarning oldini olish uchun eng ilg’or xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan.

OLD TO’QNASHUVDAN OGOHLANTIRISH TIZIMI

Distansiya saqlanmagan hollarda oldinda kelayotgan avtomobil bilan to'qnashuv xavfi haqida sizni ogohlantirishi mumkin. Barcha modellarning standart komplektatsiyasida mavjud.

INTELLIBEAM® TIZIMI

Chevrolet Traverse bosh optikasi qorong’ulikda uzoq uchun chiroqlarni mustaqil ravishda yoqishga qodir. Datchiklar old tomonda harakatlanayotgan avtomobilning orqa chiroqlarini yoki yaqinlashib kelayotgan avtomobilning faralarini aniqlaganida, tizim avtomatik ravishda yaqin masofa uchun mo’ljallangan chiroqlarga o'tadi.

FAVQULODDA AVTOMAT TO’XTASH TIZIMI

Past tezlikda harakatlanayotganda, old to'qnashuv haqida ogohlantirish tizimi bilan birgalikda u old tomondan aniqlangan transport vositasi bilan to'qnashuvning oldini olishga yoki haydovchi tormozni bosganida avtomatik ravishda favqulodda tormozlash yoki tormoz kuchini oshirish orqali to'qnashuvning havfini yoki natijasini kamaytirishga yordam beradi. Barcha modellarning standart komplektatsiyasida mavjud.

ORQA TOMONGA HARAKATLANGANDA YORDAMLASHUVCHI TIZIM

Bu tizim avtomobil orqaga burilganda yoki harakatlanganda yon datchiklar orqa tomonda harakatlanayotgan yoki mavjud avtomobillarni kuzatadi. Havf haqida ogohlantirish ovozli va vizual signallar bilan ishlaydi

OLD TO’QNASHUVDAN OGOHLANTIRISH TIZIM

Distansiya saqlanmagan hollarda oldinda kelayotgan avtomobil bilan to'qnashuv xavfi haqida sizni ogohlantirishi mumkin. Barcha modellarning standart komplektatsiyasida mavjud.

Avtomobil haqida batafsil ma'lumot olish

Veb-saytda aks ettirilgan avtomobil kuzov ranglari taxminiy hisoblanadi va haqiqiy avtomobil rangidan biroz farq qilishi mumkin. Ko'rsatilgan texnik xususiyatlar Chevrolet avtomobilingizning texnik xususiyatlaridan farq qilishi mumkin. Sizning e'tiboringizni konfiguratsiyalar, texnik xususiyatlar, ranglar kombinatsiyasi, shuningdek, avtomobillar va texnik xizmat ko'rsatish narxiga oid barcha ma'lumotlar tanishish uchun mo'ljallanganligi hamda hech qanday holatda ommaviy oferta emasligiga qaratmoqchimiz.

Saytda ma’lumot joylashtirilgan vaqtda mavjud bo'lgan eng to'liq va aktual ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. UzAuto Motors kompaniyasi istalgan vaqtda saytga oldindan ogohlantirmagan holda ba'zi ma'lumotlar, ya'ni jihozlar tavsifi, konfiguratsiyalar, texnik xususiyatlar, modellar assortimenti va ayrim mahsulotlarning mavjudligi haqida o'zgartirishlar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. Ushbu veb-saytda keltirilgan texnik ma'lumotlar, shu jumladan umumiy o'lchamlar va boshqa ma'lumotlar prototiplarni ishlab chiqish va laboratoriya sinovlari paytida olingan ma'lumotlarga asoslanadi. Yanada ko'proq ma'lumot olish uchun rasmiy Chevrolet dilerlariga murojaat qiling.

Eslatma: Saytdagi ba'zi fotosuratlarda ko'rsatilgan avtomobillar qo'shimcha uskunalar bilan jihozlangan.

Chevrolet avtomobillari va ularning butlovchi qismlari UzAuto Motors kompaniyasining turli bo'linmalari, uning sho'ba korxonalari yoki butun dunyo bo'ylab yetkazib beruvchilari tomonidan yig'iladi yoki ishlab chiqariladi. Agar zarur bo'lsa, kompaniya Chevrolet avtomobillarini dastlab rejalashtirilgan butlovchi qismlardan farq qiluvchi qismlardan foydalangan holda ishlab chiqarishi mumkin.

Xarid qilishdan oldin Chevroletning O'zbekistondagi rasmiy dilerlari bilan bog'lanib, avtomobil haqidagi zarur ma’lumotlarni, jumladan, avtomobilingizning texnik xususiyatlari, shuningdek, funksiyalarni yoki jihozlarini tiklash va qayta ta’minlash imkoniyatlari bilib oling.

Avtomobillarning joriy narxi, texnik xususiyatlari, texnik tavsiflari va sotuvda mavjudligi haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun Chevrolet vakolatli dilerlariga murojaat qiling.