Mijozlarga xizmat ko'rsatish: 78 141 77 77 Tashkent
RU UZB

Lacetti 168 342 000 so'mdan

1.5 L

DVIGATEL

6АТ

UZATMALAR QUTISI

405 L

YUKXONA HAJMI

106 ot kuchi

MAKSIMAL QUVVAT

7,5 L

YOQILG'I SARFI

Chevrolet Lacetti

Agar Sizga mashinaning tashqi ko'rinishi muhim bo'lsa, Lacetti Sizga mos. Salobatli tashqi va ichki ko'rinishi bo'lgan ushbu avtomobilda har tomonlama mutanosiblik, silliq go'zal shakli, ifodali chiziqlari uyg'un mujassamlashgan. Lacetti ning ixcham uslubli zamonaviy salonida besh kishi qulay joylashadi. Asboblar paneli o'z mutanosibligi va turli-tuman xillari bilan ajralib turadi. Xrom qoplangan elementlari va asboblarining joylashuvi puxta o'ylab chiqilgan. Uning yurish xususiyatlari esa batafsil sinovdan o'tkazilib, barkamol darajasiga yetkazilgan.

Rangni tanlang

* Dileringiz bilan ranglarning mavjudligini tekshiring

EKSTERYER

To'g'ri nisbatlar, soddalashtirilgan shakllar, bo'rttirma chiziqlar o'ziga xos ichki va tashqi ko'rinishga ega ushbu avtomobilda uyg'unlashgan.

YORUG'LIK

Bodomqovoq ko'zni eslatuvchi oldingi faralari va uzun silliq chiziqli qiyofasi uning yoqimli jozibador ko'rinishini hosil qiladi. Hashamatli dizayni va keng saloni bo'lgan 4 eshikli Lacetti — oddiygina oilaviy sedan emas, bu amaliyotga mos bo'lgan avtomobil nuqsonlarga ega bo'lmasligini oshkora ko'rsatuvchi a’lo mashinadir.

IMKONIYAT

Tashqi ko'rinishining barcha detallari, 15-dyuymli disklardan tortib yon oynalarining o'ziga xos shakligacha,a’lo sifati va Italiyaga xos nafisligi bilan ajralib turadi.

avtomobil onlayn savdosi

Chevrolet nafaqat yangi yo’llarni, balki yangi onlayn imkoniyatlarni xam ochadi. Endi siz qayerda bo’lishingizdan qat’iy nazar, Chevrolet'ni tanlashingiz va uning еgasi bo’lishingiz mumkin. Rasmiy Chevrolet dillerlarining barcha takliflari veb-saytda taqdim etiladi va shaxsiy menejer xar doim aloqada bo’lib, Sizga onlayn hamroh bo’ladi.

BOSHQARUV

Yangi Lacetti'ning analog spidometri raqamli taxometr bilan boyitilib, gabarit chiroqlari yoqilganda ko'k rangda yoritiladi.

YANGILANISH

Foydalanuvchilar uchun qulay asboblar paneli oson ko'rish uchun joylashtirilgan, ammo juda ixcham va ulardan foydalanish oson.

lacetti

ICHKI MUHIT

Lacetti bitta rang gammasida yuqori sifatli pardozlash materiallari bilan jihozlangan salonda 5 kishini qulay tarzda joylashtiradi va komfort muhitini yaratadi.

Chevrolet Lacetti ning ichki ko'rinishi sodda ko'rinuvchi hashamatdorligi bilan ajralib turadi. Bir xil rang tuslariga ega bo'lgan sifatli bezatish materiallari shinam muhitni yaratadi, va salonning hajmini kengaytirib ko'rsatadi. Barcha zarur boshqarish elementlari bo'lgan oqilona jamlangan panel, teri qoplangan qulay rul, chiroq bilan yoritiladigan ichki bo'limi, konditsioner, o'ziga xos uslubda yasalgan spidometr – mashinaning a’lo butlanishi va jihozlanishining namoyon bo'ladigan kichik bir qismidir.

Lacetti kuzovining silliq zamonaviy dizayni — Pininfarina mashhur avtomobil atelesining yutug'idir (Italiya). Bodomqovoq ko'zni eslatuvchi oldingi faralari va uzun silliq chiziqli qiyofasi uning yoqimli jozibador ko'rinishini hosil qiladi. Hashamatli dizayni va keng saloni bo'lgan 4 eshikli Lacetti — oddiygina oilaviy sedan emas, bu amaliyotga mos bo'lgan avtomobil nuqsonlarga ega bo'lmasligini oshkora ko'rsatuvchi a’lo mashinadir. U har tomonlama sifatning o'zginasi bo'lib, juda ko'p qo'shimcha funksiyalari va a’lo boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega

Avtomobil haqida batafsil ma'lumot olish

Veb-saytda aks ettirilgan avtomobil kuzov ranglari taxminiy hisoblanadi va haqiqiy avtomobil rangidan biroz farq qilishi mumkin. Ko'rsatilgan texnik xususiyatlar Chevrolet avtomobilingizning texnik xususiyatlaridan farq qilishi mumkin. Sizning e'tiboringizni konfiguratsiyalar, texnik xususiyatlar, ranglar kombinatsiyasi, shuningdek, avtomobillar va texnik xizmat ko'rsatish narxiga oid barcha ma'lumotlar tanishish uchun mo'ljallanganligi hamda hech qanday holatda ommaviy oferta emasligiga qaratmoqchimiz.

Saytda ma’lumot joylashtirilgan vaqtda mavjud bo'lgan eng to'liq va aktual ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. UzAuto Motors kompaniyasi istalgan vaqtda saytga oldindan ogohlantirmagan holda ba'zi ma'lumotlar, ya'ni jihozlar tavsifi, konfiguratsiyalar, texnik xususiyatlar, modellar assortimenti va ayrim mahsulotlarning mavjudligi haqida o'zgartirishlar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. Ushbu veb-saytda keltirilgan texnik ma'lumotlar, shu jumladan umumiy o'lchamlar va boshqa ma'lumotlar prototiplarni ishlab chiqish va laboratoriya sinovlari paytida olingan ma'lumotlarga asoslanadi. Yanada ko'proq ma'lumot olish uchun rasmiy Chevrolet dilerlariga murojaat qiling.

Eslatma: Saytdagi ba'zi fotosuratlarda ko'rsatilgan avtomobillar qo'shimcha uskunalar bilan jihozlangan.

Chevrolet avtomobillari va ularning butlovchi qismlari UzAuto Motors kompaniyasining turli bo'linmalari, uning sho'ba korxonalari yoki butun dunyo bo'ylab yetkazib beruvchilari tomonidan yig'iladi yoki ishlab chiqariladi. Agar zarur bo'lsa, kompaniya Chevrolet avtomobillarini dastlab rejalashtirilgan butlovchi qismlardan farq qiluvchi qismlardan foydalangan holda ishlab chiqarishi mumkin.

Xarid qilishdan oldin Chevroletning O'zbekistondagi rasmiy dilerlari bilan bog'lanib, avtomobil haqidagi zarur ma’lumotlarni, jumladan, avtomobilingizning texnik xususiyatlari, shuningdek, funksiyalarni yoki jihozlarini tiklash va qayta ta’minlash imkoniyatlari bilib oling.

Avtomobillarning joriy narxi, texnik xususiyatlari, texnik tavsiflari va sotuvda mavjudligi haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun Chevrolet vakolatli dilerlariga murojaat qiling.