Chevrolet’ni bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati uzaytirildi

UzAuto Motors va InfinBANK hamkorlikda 0% stavkali (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) shartlarini tubdan yangiladi! Boshlang‘ich to‘lov o‘sha-o‘sha, ammo to‘lov muddatlari uzaytirildi!

Yangilangan shartlarga ko‘ra, boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda, Chevrolet Damas va Captiva modellari uchun to‘lov muddati 4 oygacha, Labo uchun 2 oygacha, Chevrolet Onix va Tracker modellari uchun esa 6 oygacha uzaytirildi.Muddatlarning uzaytirilishi hisobiga oylik to‘lov miqdori keskin kamaydi.

Chevrolet Damas va Captiva uchun shartlar:

25% boshlang‘ich to‘lov - 12 oy emas endi 14 oy muddatga
30% boshlang‘ich to‘lov - 15 oy emas endi 17 oy muddatga
40% boshlang‘ich to‘lov - 18 oy emas endi 21 oy muddatga
50% boshlang‘ich to‘lov - 24 oy emas endi  28 oy muddatga

Labo uchun shartlar:

25% boshlang‘ich to‘lov - 10 oy emas  endi 12 oy muddatga
30% boshlang‘ich to‘lov - 13 oy emas  endi 14 oy muddatga
40% boshlang‘ich to‘lov -16 oy emas endi 18 oy muddatga
50% boshlang‘ich to‘lov - 22 oy emas endi 23 oy muddatga

Chevrolet Onix va Tracker uchun shartlar:

25% boshlang‘ich to‘lov - 30 oy o‘rniga endi 36 oy muddatga
30% boshlang‘ich to‘lov - 36 oy o‘rniga endi 40 oy muddatga
40% boshlang‘ich to‘lov - 48 oy o‘rniga endi 52 oy muddatga
50% boshlang‘ich to‘lov - 60 oy muddatga

To‘lov muddati boshlang‘ich to‘lov miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.