Malibu 395 311 840 so'mdan

2.0 L Turbo

DVIGATEL

6-AT

UZATMALAR QUTISI

520 л

YUKXONA HAJMI

253 л.с

MAKSIMAL QUVVAT

8,5 л

YOQILG'I SARFI

Chevrolet Malibu

Chevrolet Malibu - oldi g'ildirak boshqaruvli o'rta o'lchamli sedan (garchi uni o'lchamlari bo'yicha shubhasiz biznes-klassga kiritish mumkin bo’lsa-da) yoqimli dizayni, yuqori sifatli interyeri, zamonaviy texnologiyalari va boy jihozlarga egaligi bilan ko’zga tashlanadi. U birinchi navbatda, faol hayot tarziga ega, "oqilona narxga yuqori darajadagi avtomobil" olishni istaydigan, oilali insonlar uchun mo’ljallangan.

Rangni tanlang

* Dileringiz bilan ranglarning mavjudligini tekshiring

Komplektatsiyalar Chevrolet Malibu

LED faralar

Chevrolet Malibuning yangi avlodi ustida ishlagan dizaynerlar, modelning tashqi ko'rinishiga ko'proq agressivlik baxsh etishga intilgan. Yangi modeli avvalgi avlodlaridan farqli ravishda tashqi ko'rinishining mutlaqo yangi shakliga ega. Bukiluvchan va egiluvchan chiziqlar borligi tufayli sedanning qiyofasi yanada ko'proq jo'shqinlikka ega bo'lib, o'ta yoqimli shakliga ega.

LED faralar

8 ta havfsizlik yostig'i, teleskopik rul kolonkasi, qiyalikda avtomatik to’xtash, avtomatik kruiz control, trekshn kontrol va boshqalar bilan jihozlangan.

avtomobil onlayn savdosi

Chevrolet nafaqat yangi yo’llarni, balki yangi onlayn imkoniyatlarni xam ochadi. Endi siz qayerda bo’lishingizdan qat’iy nazar, Chevrolet'ni tanlashingiz va uning еgasi bo’lishingiz mumkin. Rasmiy Chevrolet dillerlarining barcha takliflari veb-saytda taqdim etiladi va shaxsiy menejer xar doim aloqada bo’lib, Sizga onlayn hamroh bo’ladi.

Yangilangan interyer

Sedan yangi uskunalar paneli, rul hamda salonning yangi qoplamasi bilan birgalikda avtomobilning markaziy konsoli qulay minimal tugmalar to'plamiga ega bo’ldi.

Yangilangan interyer

O'zbekiston bozorida avtomobil 4 xil rangda taklif qilinadi (oq marvarid, oq-kulrang, to'q kulrang va qora ranglar).

Avtomobilning alohida qismlari ustida sinchkovlik bilan ishlash tufayli ajoyib aerodinamik natija va jozibaga erishildi.

O’ziga xos va egri chiziqlar mavjudligi sedanga dinamizm beradi hamda uni yanada jozibali qiladi.

Veb-saytda aks ettirilgan avtomobil kuzov ranglari taxminiy hisoblanadi va haqiqiy avtomobil rangidan biroz farq qilishi mumkin. Ko'rsatilgan texnik xususiyatlar Chevrolet avtomobilingizning texnik xususiyatlaridan farq qilishi mumkin. Sizning e'tiboringizni konfiguratsiyalar, texnik xususiyatlar, ranglar kombinatsiyasi, shuningdek, avtomobillar va texnik xizmat ko'rsatish narxiga oid barcha ma'lumotlar tanishish uchun mo'ljallanganligi hamda hech qanday holatda ommaviy oferta emasligiga qaratmoqchimiz.

Saytda ma’lumot joylashtirilgan vaqtda mavjud bo'lgan eng to'liq va aktual ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. UzAuto Motors kompaniyasi istalgan vaqtda saytga oldindan ogohlantirmagan holda ba'zi ma'lumotlar, ya'ni jihozlar tavsifi, konfiguratsiyalar, texnik xususiyatlar, modellar assortimenti va ayrim mahsulotlarning mavjudligi haqida o'zgartirishlar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. Ushbu veb-saytda keltirilgan texnik ma'lumotlar, shu jumladan umumiy o'lchamlar va boshqa ma'lumotlar prototiplarni ishlab chiqish va laboratoriya sinovlari paytida olingan ma'lumotlarga asoslanadi. Yanada ko'proq ma'lumot olish uchun rasmiy Chevrolet dilerlariga murojaat qiling.

Eslatma: Saytdagi ba'zi fotosuratlarda ko'rsatilgan avtomobillar qo'shimcha uskunalar bilan jihozlangan.

Chevrolet avtomobillari va ularning butlovchi qismlari UzAuto Motors kompaniyasining turli bo'linmalari, uning sho'ba korxonalari yoki butun dunyo bo'ylab yetkazib beruvchilari tomonidan yig'iladi yoki ishlab chiqariladi. Agar zarur bo'lsa, kompaniya Chevrolet avtomobillarini dastlab rejalashtirilgan butlovchi qismlardan farq qiluvchi qismlardan foydalangan holda ishlab chiqarishi mumkin.

Xarid qilishdan oldin Chevroletning O'zbekistondagi rasmiy dilerlari bilan bog'lanib, avtomobil haqidagi zarur ma’lumotlarni, jumladan, avtomobilingizning texnik xususiyatlari, shuningdek, funksiyalarni yoki jihozlarini tiklash va qayta ta’minlash imkoniyatlari bilib oling.

Avtomobillarning joriy narxi, texnik xususiyatlari, texnik tavsiflari va sotuvda mavjudligi haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun Chevrolet vakolatli dilerlariga murojaat qiling.